وَعَن ابنِ عُمر قَالَ: بَعَثَنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي سَرِيَّةٍ فَحَاصَ النَّاسُ حَيْصَةً فَأَتَيْنَا الْمَدِينَةَ فَاخْتَفَيْنَا بِهَا وَقُلْنَا: هَلَكْنَا ثُمَّ أَتَيْنَا رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقُلْنَا: يَا رَسُول الله نَحن الفارون. قَالَ: «بَلْ أَنْتُمُ الْعَكَّارُونَ وَأَنَا فِئَتُكُمْ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ. وَفِي رِوَايَةِ أَبِي دَاوُدَ نَحْوَهُ وَقَالَ: «لَا بَلْ أَنْتُمُ الْعَكَّارُونَ» قَالَ: فَدَنَوْنَا فَقَبَّلْنَا يَده فَقَالَ: «أَنا فِئَة من الْمُسْلِمِينَ»
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi, u dedi: Rasululloh ﷺ bizni bir sariyyada (jang otryadida) joʻnatdilar. Odamlar (jangdan) qochib ketishdi. Biz Madinaga keldik va u yerda yashirinib oldik hamda: «Halok boʻldik», dedik. Soʻng Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, biz qochoqlarmiz», dedik. U zot: «Yoʻq, sizlar (imomi tomon) qaytib boruvchilarsiz, men esa sizlarning panohingizman», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir, biz uni faqat Yazid ibn Abu Ziyodning hadisidan bilamiz. «Odamlar qochib ketishdi» degan soʻzining maʼnosi — ular jangdan qochishdi, demakdir. «Yoʻq, sizlar akkorunlarsiz» degan soʻzning (maʼnosi esa): akkor — imomiga uni qoʻllab-quvvatlash uchun qaytib boradigan kishidir, u jangdan qochishni istamaydi.