وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمَّا أَرَادَ قَتْلَ عُقْبَةَ بْنَ أَبِي مُعَيْطٍ قَالَ: مَنْ لِلصِّبْيَةِ؟ قَالَ: «النَّار» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Uqba ibn Abu Muaytni oʻldirmoqchi boʻlganlarida, u: «Bolalarga kim (qaraydi)?» dedi. U zot: «Doʻzax», dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan.