وَعَنْ يَزِيدَ بْنِ هُرْمُزَ قَالَ: كَتَبَ نَجْدَةُ الْحَرُورِيُّ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ يَسْأَلُهُ عَنِ الْعَبْدِ وَالْمَرْأَة يحْضرَانِ لمغنم هلْ يُقسَمُ لَهما؟ فَقَالَ ليزيدَ: اكْتُبْ إِلَيْهِ أَنَّهُ لَيْسَ لَهُمَا سَهْمٌ إِلَّا أَنْ يُحْذَيَا. وَفِي رِوَايَةٍ: كَتَبَ إِلَيْهِ ابْنُ عَبَّاسٍ: إِنَّكَ كَتَبْتَ إِلَيَّ تَسْأَلُنِي: هَلْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَغْزُو بِالنِّسَاءِ؟ وَهَلْ كَانَ يَضْرِبُ لَهُنَّ بِسَهْمٍ؟ فَقَدْ كَانَ يَغْزُو بِهِنَّ يُدَاوِينَ الْمَرْضَى وَيُحْذَيْنَ مِنَ الْغَنِيمَةِ وَأَمَّا السَّهْمُ فَلَمْ يَضْرِبْ لَهُنَّ بِسَهْمٍ. رَوَاهُ مُسلم
Yazid ibn Hurmuz (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Najda Haruriy Ibn Abbosga xat yozib, Rasululloh ﷺ ayollar bilan birga jang qilarmidilar va ularga ulush ajratarmidilar, deb soʻradi. Shunda Ibn Abbos unga (javoban) yozdi: «Sen menga xat yozib, Rasululloh ﷺ ayollar bilan jang qilarmidilar, deb soʻrabsan. U zot ular bilan jang qilardilar, ular yaradorlarni davolardilar va gʻanimatdan (biror narsa) berilardi. Ulush (ajratish)ga kelsak, u zot ularga ulush ajratmaganlar.» Bu bobda Anas va Ummu Atiyyadan ham (rivoyatlar) bor. Bu hadis hasan sahihdir. Koʻpchilik ilm ahlining amali shu (rivoyatga) muvofiqdir, bu Sufyon Savriy va Shofiʼiyning soʻzidir. Baʼzilari: «Ayolga va bolaga ulush ajratiladi», dedilar, bu Avzoiyning soʻzidir. Avzoiy aytdi: Paygʻambar ﷺ Xaybarda bolalarga ulush ajratganlar, musulmon imomlari ham urush yurtida tugʻilgan har bir chaqaloqqa ulush ajratganlar. Avzoiy aytdi: Paygʻambar ﷺ Xaybarda ayollarga ulush ajratganlar va undan keyin musulmonlar shunga amal qilganlar. Buni bizga Ali ibn Xashram aytdi: bizga Iso ibn Yunus Avzoiydan shuni rivoyat qildi. «Ularga gʻanimatdan berilardi» degan soʻzning maʼnosi — ularga gʻanimatdan biror narsa rajʼ etib (ulush boʻlmasdan) berilardi, demakdir.