وَعَنْ عُمَيْرٍ مَوْلَى آبِي اللَّحْمِ قَالَ: شَهِدْتُ خَيْبَر مَعَ ساداتي فَكَلَّمُوا فِي رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَكَلَّمُوهُ أَنِّي مَمْلُوكٌ فَأَمَرَنِي فَقُلِّدْتُ سَيْفًا فَإِذَا أَنَا أَجُرُّهُ فَأَمَرَ لِي بِشَيْءٍ مِنْ خُرْثِيِّ الْمَتَاعِ وَعَرَضْتُ عَلَيْهِ رُقْيَةً كَنْتُ أَرْقِي بِهَا الْمَجَانِينَ فَأَمَرَنِي بِطَرْحِ بَعْضِهَا وَحَبْسِ بَعْضِهَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ إِلَّا أَنَّ رِوَايَتَهُ انتهتْ عِنْد قَوْله: الْمَتَاع
Abul-Lahmning mavlosi Umayr (roziyallohu anhu) aytadi: Men xojalarim bilan Xaybarda hozir boʻldim. Ular men haqimda Rasululloh ﷺ bilan gaplashib, men qul ekanligimni bildirdilar. U aytdi: «Shunda u zot men haqimda buyurdilar, menga qilich osib qoʻyildi, men esa uni (yer bilan) sudrab yurardim. Soʻng u zot menga roʻzgʻor anjomlaridan biror narsa berishni buyurdilar. Men u zotga jinni (kasallar)ni davolaydigan duo-afsunimni koʻrsatdim, u zot menga uning bir qismini tashlab, bir qismini saqlab qolishni buyurdilar.» Bu bobda Ibn Abbosdan ham (rivoyat) bor. Bu hadis hasan sahihdir. Baʼzi ilm ahlining amali shu (rivoyatga) muvofiq boʻlib, qulga ulush ajratilmaydi, balki unga (gʻanimatdan) biror narsa beriladi. Bu Savriy, Shofiʼiy, Ahmad va Ishoqning soʻzidir.