وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَبَا بَكْرٍ وَعُمَرَ حَرَّقُوا مَتَاعَ الْغَالِّ وضربوه. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ, Abu Bakr va Umar gʻulul (oʻljaga xiyonat) qilgan kishining ashyolarini yoqib yuborar va uni urar edilar.
Abu Dovud dedi: Bunda Ali ibn Bahr Validdan rivoyat qilib — men buni undan eshitmadim — «va uning ulushini bermas edilar» degan qoʻshimchani qildi.
Abu Dovud dedi: Buni bizga Valid ibn Utba va Abdulvahhob ibn Najda ham aytib berdilar. Ular: «Buni bizga Valid Zuhayr ibn Muhammaddan, u Amr ibn Shuaybdan oʻzining soʻzi sifatida aytib berdi», dedilar. Abdulvahhob ibn Najda al-Havtiy «uning ulushini bermaslik»ni zikr qilmadi.