وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَامَ يَعْنِي يَوْمَ بَدْرٍ فَقَالَ: «إِنَّ عُثْمَانَ انْطَلَقَ فِي حَاجَةِ اللَّهِ وَحَاجَةِ رَسُولِهِ وَإِنِّي أُبَايِعُ لَهُ» فَضَرَبَ لَهُ رسولُ الله بِسَهْمٍ وَلَمْ يَضْرِبْ بِشَيْءٍ لِأَحَدٍ غَابَ غَيْرَهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ — yaʼni Badr kuni — oʻrnilaridan turib: «Albatta, Usmon Alloh hojati va Allohning Rasuli hojati yoʻlida ketdi, men u uchun bayʼat qilaman», dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ unga ulush ajratdilar va undan boshqa gʻoyib boʻlgan hech kimga ulush ajratmadilar.