عَن أبي هُرَيْرَة قَالَ: بَيْنَا نَحْنُ فِي الْمَسْجِدِ خَرَجَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «انْطَلِقُوا إِلَى يهود» فخرجنا مَعَه حَتَّى جِئْنَا بَيت الْمدَارِس فَقَامَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «يَا مَعْشَرَ يَهُودَ أَسْلِمُوا تَسْلَمُوا اعْلَمُوا أَنَّ الْأَرْضَ لِلَّهِ وَلِرَسُولِهِ وَأَنِّي أُرِيدُ أَنْ أُجْلِيَكُمْ مِنْ هَذِهِ الْأَرْضِ. فَمَنْ وَجَدَ مِنْكُمْ بِمَالِهِ شَيْئا فليبعه»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: «Biz masjidda boʻlsak, Rasululloh ﷺ chiqib: ‹Yahudiylar tomon yuringlar› dedilar. Biz u zot bilan birga chiqdik. Toki ularning ilm uyiga (madrasalariga) yetib keldik. Nabiy ﷺ turib, ularga: ‹Ey yahudiylar jamoasi, Islomni qabul qilinglar, salomat boʻlasizlar› deb nido qildilar. Ular: ‹Yetkazding, ey Abul-Qosim› dedilar. Rasululloh ﷺ ularga: ‹Men shuni istayman; Islomni qabul qilinglar, salomat boʻlasizlar› dedilar. Ular: ‹Yetkazding, ey Abul-Qosim› dedilar. Rasululloh ﷺ ularga: ‹Men shuni istayman› dedilar. Soʻngra buni uchinchi marta aytdilar va: ‹Bilinglarki, yer Alloh va Uning Rasuliniki. Men sizlarni bu yerdan koʻchirib chiqarishni istayman. Sizlardan kim oʻz molidan biror narsani topsa, uni sotib qoʻysin. Aks holda, bilinglarki, yer Alloh va Uning Rasuliniki› dedilar.»