وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسلم أَوْصَى بِثَلَاثَةٍ: قَالَ: «أَخْرِجُوا الْمُشْرِكِينَ مِنْ جَزِيرَةِ الْعَرَبِ وَأَجِيزُوا الْوَفْدَ بِنَحْوِ مَا كُنْتُ أُجِيزُهُمْ» . قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ: وَسَكَتَ عَن الثَّالِثَة أَو قَالَ: فأنسيتها
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ uch narsani vasiyat qildilar va: «Mushriklarni Arab yarimorolidan chiqarib yuboringlar va elchilarni men sovgʻalab turganimga oʻxshash (sovgʻalar bilan) siylanglar», dedilar. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo): «Uchinchisi haqida sukut qildilar», dedi, yoki: «Men uni unutdim», dedi. Humaydiy Sufyondan (rivoyat qilib) aytdi: Sulaymon: «Said uchinchisini zikr qildi-yu, men uni unutdimmi yoki u haqida sukut qildimi, bilmayman», dedi.