وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ اللَّهَ لَا يَقْبِضُ الْعِلْمَ انْتِزَاعًا يَنْتَزِعُهُ مِنَ الْعِبَادِ وَلَكِنْ يَقْبِضُ الْعِلْمَ بِقَبْضِ الْعُلَمَاءِ حَتَّى إِذَا لَمْ يُبْقِ عَالِمًا اتَّخَذَ النَّاسُ رُءُوسًا جُهَّالًا فَسُئِلُوا فَأَفْتَوْا بِغَيْرِ عِلْمٍ فضلوا وأضلوا»
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning shunday deyayotganlarini eshitdim: «Alloh ilmni odamlarning (qalbidan) tortib olish bilan emas, balki olimlarni vafot ettirish bilan koʻtaradi. Nihoyat, biror olim qolmaganda, odamlar johil kishilarni rahbar qilib oladilar; ulardan (masala) soʻralsa, ilmsiz fatvo beradilar — shu bilan oʻzlari ham adashadilar, odamlarni ham adashtiradilar», — dedilar.