عَن أبي مَسْعُود الْأَنْصَارِيِّ قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ إِنِّي أُبْدِعَ بِي فَاحْمِلْنِي فَقَالَ مَا عِنْدِي فَقَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنَا أَدُلُّهُ عَلَى مَنْ يَحْمِلُهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ دَلَّ عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مثل أجر فَاعله» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ huzuriga kelib: «Mening ulovim halok boʻldi, meni (ulovga) mindiring», dedi. (Nabiy ﷺ): «Menda (ulov) yoʻq», dedilar. Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh! Men uni ulov beradigan (kimsa)ga yoʻllab qoʻyaman», dedi. Rasululloh ﷺ: «Kim biror yaxshilikka yoʻllasa, unga uni qilgan kishining ajriga oʻxshash (ajr) boʻladi», dedilar.