وَعَن ابْن مَسْعُودٍ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «نَضَّرَ اللَّهُ امْرَأً سَمِعَ مِنَّا شَيْئًا فَبَلَّغَهُ كَمَا سَمِعَهُ فَرُبَّ مُبَلَّغٍ أَوْعَى لَهُ مِنْ سَامِعٍ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَرَوَاهُ الدَّارمِيّ عَن أبي الدَّرْدَاء
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺning: «Bizdan biror narsani eshitib, uni eshitgani kabi yetkazgan kishini Alloh ravshan qilsin. Zero, koʻp yetkazilgan kishi eshitganidan koʻra uni yaxshiroq anglab olguvchidir», deb aytganlarini eshitdim. Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan.