وَعَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «هَلْ تَدْرُونَ مَنْ أَجْوَدُ جُودًا؟» قَالُوا: اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: «اللَّهُ تَعَالَى أَجْوَدُ جُودًا ثُمَّ أَنَا أَجْوَدُ بَنِي آدَمَ وَأَجْوَدُهُمْ مِنْ بَعْدِي رَجُلٌ عَلِمَ عِلْمًا فَنَشَرَهُ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَمِيرًا وَحده أَو قَالَ أمة وَحده»
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Eng saxovatli kim ekanini bilasizlarmi?» dedilar. Ular: «Alloh va Uning Rasuli bilguvchiroqdir», deyishdi. U zot: «Alloh taolo eng saxovatlidir, soʻng men odam bolalarining eng saxovatlisiman, mendan keyin ularning eng saxovatlisi — bir ilmni bilib, uni yoygan kishidir. U qiyomat kuni yolgʻiz oʻzi amir boʻlib keladi», dedilar. Yoki: «Yolgʻiz oʻzi bir ummat boʻlib (keladi)», dedilar.