وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «تَعَلَّمُوا الْعِلْمَ وَعَلِّمُوهُ النَّاسَ تَعَلَّمُوا الْفَرَائِضَ وَعَلِّمُوهَا النَّاسَ تَعَلَّمُوا الْقُرْآنَ وَعَلِّمُوهُ النَّاسَ فَإِنِّي امْرُؤٌ مَقْبُوضٌ وَالْعِلْمُ سَيُقْبَضُ وَتَظْهَرُ الْفِتَنُ حَتَّى يَخْتَلِفَ اثْنَانِ فِي فَرِيضَةٍ لَا يَجِدَانِ أَحَدًا يَفْصِلُ بَيْنَهُمَا» . رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ وَالدَّارَقُطْنِيّ
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ menga: «Ilmni oʻrganinglar va uni odamlarga oʻrgatinglar; farzlarni oʻrganinglar va ularni odamlarga oʻrgatinglar; Qurʼonni oʻrganinglar va uni odamlarga oʻrgatinglar. Chunki men olib ketiladigan (vafot etadigan) kishiman, ilm ham koʻtariladi, fitnalar zohir boʻladi, hatto ikki kishi bir farz haqida ixtilof qiladi-yu, oʻrtalarini ajrim qilib beradigan birontasini topolmaydilar», dedilar. Dorimiy va Doraqutniy rivoyat qilgan.