وَعَن كعبِ بنِ مَالك أَنه كانَ لَهُ غَنَمٌ تُرْعَى بِسَلْعٍ فَأَبْصَرَتْ جَارِيَةٌ لَنَا بِشَاةٍ مِنْ غَنَمِنَا مَوْتًا فَكَسَرَتْ حَجَرًا فَذَبَحَتْهَا بِهِ فَسَأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأمره بأكلها. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Ibn Kaʼb ibn Molik (otasidan) rivoyat qiladi: Bizning — Salaʼ (togʻi)da yaylovda yuradigan — baʼzi qoʻylarimiz bor edi. Bizning choriyamiz (kanizimiz) bir qoʻyning oʻlayotganini koʻrib, bir tosh sindirib, u bilan qoʻyni soʻydi. Otam odamlarga: «Men Paygʻambar ﷺ dan (bu haqda) soʻramaguncha (yoki u zotga soʻrash uchun birovni joʻnatmaguncha), uni yemanglar», — dedi. Bas, u Paygʻambar ﷺ dan soʻradi (yoki soʻrash uchun birovni joʻnatdi) va Paygʻambar ﷺ unga uni yeyishga ruxsat berdilar. Ubaydulloh (rivoyatchi): «Men oʻsha qizdan hayratdaman — garchi u choriya (kaniz) boʻlsa ham, (u bilibdiki qoʻy oʻlayotganda uni soʻyish kerak)», — dedi.