وَعَن أنس قَالَ: غَدَوْتُ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِعَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ لِيُحَنِّكَهُ فَوَافَيْتُهُ فِي يَدِهِ الْمِيسَمُ يَسِمُ إِبِلَ الصَّدَقَة
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Abdulloh ibn Abu Talhani — unga tahnik qilish uchun — Rasululloh ﷺ ga olib bordim. (Tahnik — musulmonlar orasidagi odat boʻlib, bola tugʻilgan har safar, uni Paygʻambar ﷺ ga olib borar edilar; u zot bir parcha xurmoni chaynab, uning sharbatidan bir qismini bolaning ogʻziga solar edilar.) Men Paygʻambar ﷺ ni koʻrdim — u zotning qoʻlida tamgʻalash (belgi bosish) asbobi bor edi va u zot zakot tuyalarini tamgʻalayotgan edilar.