وَعَن أبي ثَعْلَبَة الْخُشَنِي قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّا أَهْلُ سفر تمر الْيَهُود وَالنَّصَارَى وَالْمَجُوسِ فَلَا نَجِدُ غَيْرَ آنِيَتِهِمْ قَالَ: «فَإِنْ لَمْ تَجِدُوا غَيْرَهَا فَاغْسِلُوهَا بِالْمَاءِ ثُمَّ كلوا فِيهَا وَاشْرَبُوا» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Saʼlaba al-Xushaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men: ‹Yo Rasululloh, biz ovchi qavmmiz›, dedim. U zot: ‹Itingni qoʻyib yuborib, ustiga Allohning nomini zikr qilgan boʻlsang, u sen uchun (ovni) tutib bersa, uni yegin›, dedilar. Men: ‹Agar uni oʻldirgan boʻlsa-chi?› dedim. U zot: ‹Oʻldirgan boʻlsa ham (yegin)›, dedilar. Men: ‹Biz kamondan otadigan qavmmiz›, dedim. U zot: ‹Kamoning senga (ov) qaytarsa, uni yegin›, dedilar. Men: ‹Biz safardagi qavmmiz, yahudiy, nasroniy va majusiylarning oldidan oʻtamiz, ularning idishlaridan boshqasini topa olmaymiz›, dedim. U zot: ‹Agar undan boshqasini topmasangiz, ularni suv bilan yuvib, soʻng ularda yeb-iching›, dedilar», dedi. Bu bobda Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu)dan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.