وَعَنِ الْعِرْبَاضِ بْنِ سَارِيَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى يَوْمَ خَيْبَرَ عَنْ كُلِّ ذِي نَابٍ مِنَ السِّبَاعِ وَعَنْ كُلِّ ذِي مِخْلَبٍ مِنَ الطَّيْرِ وَعَنْ لُحُومِ الْحُمُرِ الْأَهْلِيَّةِ وَعَنِ الْمُجَثَّمَةِ وَعَنِ الْخَلِيسَةِ وَأَنْ تُوطَأَ الْحَبَالَى حَتَّى يَضَعْنَ مَا فِي بُطُونِهِنَّ قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ يَحْيَى: سُئِلَ أَبُو عَاصِمٍ عَنِ الْمُجَثَّمَةِ فَقَالَ: أَنْ يُنْصَبَ الطَّيْرُ أَوِ الشَّيْءُ فَيُرْمَى وَسُئِلَ عَنِ الْخَلِيسَةِ فَقَالَ: الذِّئْبُ أَوِ السَّبُعُ يُدْرِكُهُ الرَّجُلُ فَيَأْخُذُ مِنْهُ فَيَمُوتُ فِي يَدِهِ قَبْلَ أَنْ يذكيها. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ummu Habiba binti Irbod (roziyallohu anho)dan, u otasidan rivoyat qiladiki, Rasululloh ﷺ Xaybar kuni yirtqichlardan tishli boʻlgan har bir (hayvon)ning goʻshtini, parrandalardan changalli boʻlgan har bir (qush)ni, xonaki eshaklarning goʻshtini, mujassama (otib oʻldirilgan jonivor)ni, xalisa (yirtqichdan tortib olingan jonivor)ni va homilador (choʻri) bilan u qornidagini tugʻib qoʻymaguncha (yaqinlik qilishni) qaytardilar. Muhammad ibn Yahyo aytdi: Abu Osimdan mujassama haqida soʻraldi, u: «Qush yoki biror narsani tikka tutib turib, soʻng otish», dedi. Undan xalisa haqida soʻraldi, u: «Boʻri yoki yirtqich (ushlagan ovga) bir kishi yetib borib, uni undan oladi-yu, u soʻyilmasdan oldin uning qoʻlida oʻlib qoladi», dedi.