وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَمَرَ بِقَتْلِ الْكِلَابِ إِلَّا كَلْبَ صيدٍ أَو كلب غنم أَو مَاشِيَة
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ov iti, qoʻy iti yoki chorva itidan boshqa itlarni oʻldirishga buyurdilar. Ibn Umarga: «Abu Hurayra: ‹yoki ekin iti› deb (qoʻshib) aytadi», deyildi. Shunda Ibn Umar: «Abu Hurayraning ekini bor edi-da», dedi.