وَعَن ابنِ عبَّاسٍ: أَنَّ خَالِدَ بْنَ الْوَلِيدِ أَخْبَرَهُ أَنَّهُ دَخَلَ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى مَيْمُونَةَ وَهِيَ خَالَتُهُ وَخَالَةُ ابْنِ عَبَّاسٍ فَوَجَدَ عِنْدَهَا ضَبًّا مَحْنُوذًا فَقَدَّمَتِ الضَّبَّ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَرَفَعَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَدَهُ عَنِ الضَّبِّ فَقَالَ خَالِدٌ: أَحْرَامٌ الضَّبُّ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: «لَا وَلَكِنْ لَمْ يَكُنْ بِأَرْضِ قَوْمِي فَأَجِدُنِي أَعَافُهُ» قَالَ خَالِدٌ: فَاجْتَرَرْتُهُ فَأَكَلْتُهُ وَرَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَنْظُرُ إِلَيّ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Xolid ibn Valid unga xabar berishicha, u Rasululloh ﷺ bilan birga Maymuna huzuriga kirdi. U Xolidning ham, Ibn Abbosning ham xolasi edi. U zot uning oldida qovurilgan zabbni topdi. Maymuna zabbni Rasululloh ﷺga taqdim qildi. Rasululloh ﷺ qoʻllarini zabbdan tortdilar. Shunda Xolid: «Yo Rasululloh, zabb haialmi?» dedi. U zot: «Yoʻq, lekin u mening qavmimning yerida boʻlmagani uchun undan koʻnglim tortmaydi», dedilar. Xolid: «Shunda men uni oldimga tortib yedim, Rasululloh ﷺ esa menga qarab turardilar», dedi. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.