وَعَن ميمونةَ أَنَّ فَأْرَةً وَقَعَتْ فِي سَمْنٍ فَمَاتَتْ فَسُئِلَ رَسُول الله صلى الله عَلَيْهِ وَسلم فَقَالَ: «ألقوها وَمَا حولهَا وكلوه» . رَوَاهُ البُخَارِيّ
Maymuna (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir sichqon sariyogʻ ichiga tushib oʻldi. Rasululloh ﷺdan bu haqda soʻralganda, u zot: «Uni va atrofidagini olib tashlanglar, qolganini yenglar», dedilar. Buxoriy rivoyat qilgan.