وَعَن عكرمةَ عَن ابنِ عبَّاسٍ قَالَ: لَا أَعْلَمُهُ إِلَّا رَفَعَ الْحَدِيثَ: أَنَّهُ كَانَ يَأْمُرُ بِقَتْلِ الْحَيَّاتِ وَقَالَ: «مَنْ تَرَكَهُنَّ خَشْيَةَ ثَائِرٍ فَلَيْسَ مِنَّا» . رَوَاهُ فِي شَرْحِ السّنة
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U zot ilonlarni oʻldirishga buyurar va: «Kim (ilonning) qasos olishidan qoʻrqib ularni (tirik) qoldirsa, u bizdan emas», deb aytar edilar. Sharhus-sunnada rivoyat qilingan.