عَن سلمانَ بن عامرٍ الضَّبي قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَعَ الْغُلَامِ عَقِيقَةٌ فَأَهْرِيقُوا عَنْهُ دَمًا وأمِيطوا عَنهُ الْأَذَى» . رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Salmon ibn Omir ad-Dabbiy (roziyallohu anhu) aytdi:) Men Rasululloh ﷺni: «Bola bilan (birga) aqiqa (qurbonligi) bordir; bas, u uchun qon (qurbon) toʻ kinglar va undan aziyat (najosat-soch)ni ketkazinglar» deb aytayotganlarini eshitdim. (Habib ibnush-Shahid: «Menga Ibn Sirin — al-Hasandan: ‹aqiqa hadisini kimdan eshitding?› deb soʻrashni buyurdi; men undan soʻradim; u: ‹Samura ibn Jundabdan› dedi» dedi.)