وَعَن حُذَيْفَة قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ الشَّيْطَانَ يَسْتَحِلُّ الطَّعَامَ أَنْ لَا يُذْكَرَ اسْم الله عَلَيْهِ» . رَوَاهُ مُسلم
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺ bilan birga taomda hozir boʻlsak, Rasululloh ﷺ boshlab qoʻllarini (taomga) qoʻymaguncha qoʻllarimizni qoʻymas edik. Bir marta biz u zot bilan birga taomda hozir boʻldik. Shunda goʻyo (orqasidan) itarilayotgandek bir joriya (choʻri qiz) kelib, qoʻlini taomga qoʻymoqchi boʻldi. Rasululloh ﷺ uning qoʻlidan ushlab qoldilar. Soʻng goʻyo itarilayotgandek bir aʼrobiy (badaviy arab) keldi, (Rasululloh ﷺ) uning ham qoʻlidan ushladilar. Shunda Rasululloh ﷺ: «Albatta, shayton ustiga Allohning nomi zikr qilinmagan taomni oʻziga halol sanaydi. U (shayton) bu joriyani olib keldiki, u orqali (taomni) oʻziga halol qilsa. Bas, men uning qoʻlidan ushladim. Soʻng bu aʼrobiyni olib keldiki, u orqali (taomni) oʻziga halol qilsa. Bas, men uning qoʻlidan ushladim. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, albatta, uning (shaytonning) qoʻli mening qoʻlimda — (joriyaning) qoʻli bilan birga edi», — dedilar.