وَعَن أبي أيوبٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَكَلَ أَوْ شَرِبَ قَالَ: «الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَطْعَمَ وَسَقَى وَسَوَّغَهُ وَجَعَلَ لَهُ مخرجا» رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ahmad ibn Solih bizga Ibn Vahbdan hadis aytib berdi. Said ibn Abu Ayyub menga Abu Aqil al-Qurashiydan, u Abu Abdurahmon al-Hubuliydan, u Abu Ayyub al-Ansoriydan xabar berdi. U dedi: Rasululloh ﷺ yeganlarida yoki ichganlarida: «Alhamdu lillahillaziy atʼama va saqo va savvagʻahu va jaʼala lahu maxrojan», deb aytar edilar (yaʼni: Taomlantirgan, sugʻorgan, uni yutishni oson qilgan va unga chiqish yoʻlini bergan Allohga hamd boʻlsin).