وَعَن أُمِّ المنذِر قَالَتْ: دَخَلَ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَمَعَهُ عَلِيٌّ وَلَنَا دَوَالٍ مُعَلَّقَةٌ فَجَعَلَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَأْكُلُ وَعَلِيٌّ مَعَهُ يَأْكُلُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَعَلِيٍّ: «مَهْ يَا عَلِيُّ فَإِنَّكَ نَاقِهٌ» قَالَتْ: فَجَعَلْتُ لَهُمْ سِلْقًا وَشَعِيرًا فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا عَلِيُّ مِنْ هَذَا فَأَصِبْ فَإِنَّهُ أَوْفَقُ لَكَ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ
Ummul Munzir (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Rasululloh ﷺ huzurimga kirdilar, u zot bilan birga Ali ham bor edi, bizda osigʻliq turgan xurmo shingillari bor edi. (Ummul Munzir aytdi:) Rasululloh ﷺ yeya boshladilar, Ali ham u zot bilan birga yeya boshladi. Shunda Rasululloh ﷺ Aliga: «Toʻxta, toʻxta, ey Ali! Sen hali kasallikdan sogʻayib kelyapsan», dedilar. (Roviy aytdi:) Shunda Ali oʻtirdi, Nabiy ﷺ esa yeyaverdilar. (Ummul Munzir aytdi:) Soʻng men ularga qizilcha (sabzavot) va arpadan (taom) tayyorladim. Nabiy ﷺ: «Ey Ali, mana shundan yegin, chunki bu senga muvofiqroqdir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, uni faqat Fulayhning hadisi orqali bilamiz, holos.