وَعَن ابنِ عبَّاسٍ قَالَ: كَانَ أَحَبَّ الطَّعَامَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الثَّرِيدُ مِنَ الْخُبْزِ والثريدُ منَ الحَيسِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi. U: «Rasululloh ﷺ ga taomlarning eng yoqimlisi nondan tayyorlangan sarid (goʻshtli non boʻtqasi) va xaysdan (xurmo, yogʻ hamda qurutdan tayyorlangan taomdan) tayyorlangan sarid edi», dedi. Abu Dovud aytdi: Bu zaif (hadis).