وَعَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ قَالَ: قَلْتُ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنَّك تبعثنا فتنزل بِقَوْمٍ لَا يُقْرُونَنَا فَمَا تَرَى؟ فَقَالَ لَنَا: «إِنْ نَزَلْتُمْ بِقَوْمٍ فَأَمَرُوا لَكُمْ بِمَا يَنْبَغِي لِلضَّيْفِ فَاقْبَلُوا فَانْ لَمْ يَفْعَلُوا فَخُذُوا مِنْهُمْ حق الضَّيْف الَّذِي يَنْبَغِي لَهُم»
(Uqba ibn Amir (roziyallohu anhu) aytishicha,) biz: «Yo Rasululloh, siz bizni (vazifaga) joʻnatasiz, biz esa bir qavm (yonida) tunaymiz, ular bizni mehmon qilmaydilar; bu haqda nima deysiz?» dedik. Rasululloh ﷺ bizga: «Agar biror qavm (yonida) tunasangiz, ular sizlarga mehmonga loyiq (narsani) buyursalar, qabul qilinglar; agar (shunday) qilmasalar, ulardan mehmonning — oʻzlari (ado etishi) lozim boʻlgan — haqini olinglar» dedilar.