عَن المقدامِ بن معدي كرب سَمِعَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «أَيُّمَا مُسْلِمٍ ضَافَ قَوْمًا فَأَصْبَحَ الضَّيْفُ مَحْرُومًا كَانَ حَقًّا عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ نَصْرُهُ حَتَّى يَأْخُذَ لَهُ بِقِرَاهُ مِنْ مَالِهِ وَزَرْعِهِ» . رَوَاهُ الدَّارمِيّ وَأَبُو دَاوُد وَفِي رِوَايَة: «وَأَيُّمَا رَجُلٍ ضَافَ قَوْمًا فَلَمْ يُقْرُوهُ كَانَ لَهُ أَن يعقبهم بِمثل قراه»
Miqdom ibn Maʼdikarib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Qaysi bir musulmon biror qavmga mehmon boʻlsa-yu, mehmon (mehmondorchiliksiz) mahrum qolsa, uning haqqini ularning mol-mulki va ekinidan undirib olish har bir musulmonning zimmasidagi haqdir». Dorimiy va Abu Dovud rivoyat qilgan. Bir rivoyatda: «Qaysi bir kishi biror qavmga mehmon boʻlsa-da, ular uni mehmon qilmasalar, u oʻz mehmondorchiligiga teng miqdorni ulardan (undirib) olishga haqli», deyilgan.