وَعَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ قَالَ: أَتَى النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِقَدَحٍ فَشَرِبَ مِنْهُ وَعَنْ يَمِينِهِ غُلَامٌ أَصْغَرُ الْقَوْمِ وَالْأَشْيَاخُ عَنْ يَسَارِهِ فَقَالَ: «يَا غُلَامُ أَتَأْذَنُ أَنْ أُعْطِيَهُ الْأَشْيَاخَ؟» فَقَالَ: مَا كُنْتُ لِأُوثِرَ بِفَضْلٍ مِنْكَ أَحَدًا يَا رَسُولَ اللَّهِ فَأعْطَاهُ إِيَّاه.
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ ga bir piyola (sut yoki suvga toʻla) keltirildi va u zot undan ichdilar; u zotning oʻng tomonida — hozir boʻlganlarning eng yoshi boʻlgan — bir bola, chap tomonida esa qariyalar oʻtirgan edi. Paygʻambar ﷺ: «Ey bola, men buni (yaʼni qolgan ichimlikni) qariyalarga berishimga ruxsat berasanmi?» — dedilar. Bola: «Yo Rasululloh, men siz ichgan (idish)dan qolganini ichishda — oʻzimdan boshqa hech kimni afzal koʻrmayman», — dedi. Bas, Paygʻambar ﷺ uni unga (bolaga) berdilar.