وَعَن عائشةَ قَالَتْ: كُنَّا نَنْبِذُ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي سِقَاءٍ يُوكَأُ أَعْلَاهُ وَلَهُ عَزْلَاءُ نَنْبِذُهُ غُدْوَةً فَيَشْرَبُهُ عِشَاءً وَنَنْبِذُهُ عِشَاءً فيشربُه غُدوةً. رَوَاهُ مُسلم
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ ga ogʻzi bogʻlanadigan va pastida teshigi (joʻmragi) boʻlgan mesh (tulumcha)da nabiz tayyorlar edik. Biz uni ertalab tayyorlar edik, u zot uni kechqurun ichar edilar; kechqurun tayyorlar edik, u zot uni ertalab ichar edilar.