وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نهى عَن الدُّبَّاء والحنتم والمرفت وَالنَّقِيرِ وَأَمَرَ أَنْ يُنْبَذَ فِي أَسْقِيَةِ الْأَدَمِ. رَوَاهُ مُسلم
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dubbo (qovoq idish), hantam (yashil koʻza), muzaffat (smola surtilgan idish) va naqir (oʻyilgan xurmo tanasi)dan (foydalanishni) qaytardilar hamda (ichimlik) teri meshlarda tayyorlanishiga buyurdilar. Muslim rivoyat qilgan.