عَنْ جَابِرٍ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «إِذَا سَمِعْتُمْ نُبَاحَ الْكِلَابِ وَنَهِيقَ الْحَمِيرِ مِنَ اللَّيْلِ فَتَعَوَّذُوا بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ فَإِنَّهُنَّ يَرَيْنَ مَا لَا تَرَوْنَ. وَأَقِلُّوا الْخُرُوجَ إِذَا هَدَأَتِ الْأَرْجُلُ فَإِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ يَبُثُّ مِنْ خَلْقِهِ فِي لَيْلَتِهِ مَا يَشَاءُ وَأَجِيفُوا الْأَبْوَابَ وَاذْكُرُوا اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهِ فَإِنَّ الشَّيْطَانَ لَا يَفْتَحُ بَابًا إِذَا أُجِيفَ وَذُكِرَ اسْمُ اللَّهِ عَلَيْهِ وَغَطُّوا الْجِرَارَ وَأَكْفِئُوا الْآنِيَةَ وأوكوا الْقرب» . رَوَاهُ فِي شرح السّنة
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Kechasi itlarning akillashini va eshaklarning hangrashini eshitsangiz, quvgʻin qilingan shaytondan Allohga panoh soʻranglar, chunki ular sizlar koʻrmaydigan narsani koʻradi. Odamlar (harakati) tinchigan paytda tashqariga kam chiqinglar, zero aziz va jalil Alloh oʻz kechasida oʻz maxluqotidan xohlagan narsasini tarqatadi. Eshiklarni yopinglar va (yopganda) unga Allohning ismini zikr qilinglar, chunki eshik yopilib, unga Allohning ismi zikr qilinsa, shayton uni ocha olmaydi. Kuzalarni bekitinglar, idishlarni agdarib qoʻyinglar va meshlarning ogʻzini bogʻlanglar», dedilar. «Sharhus-sunna»da rivoyat qilingan.