وَعَنْ سُوَيْدِ بْنِ وَهْبٍ عَنْ رَجُلٍ مِنْ أَبْنَاءِ أَصْحَابِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ تَرَكَ لُبْسَ ثوبِ جمالٍ وَهُوَ يقدرُ عَلَيْهِ وَفِي رَاوِيه: تَوَاضُعًا كَسَاهُ اللَّهُ حُلَّةَ الْكَرَامَةِ وَمَنْ تَزَوَّجَ لِلَّهِ تَوَجَّهُ اللَّهُ تَاجَ الْمُلْكِ ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَرَوَى التِّرْمِذِيُّ مِنْهُ عَنْ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ حَدِيث اللبَاس
Suvayd ibn Vahb (rahimahulloh) Nabiy ﷺ sahobalaridan birining oʻgʻlidan, u esa otasidan rivoyat qiladi: Rasululloh ﷺ shunga oʻxshash (hadis aytdilar). (Bu rivoyatda u zot:) «Alloh uning qalbini omonlik va iymon bilan toʻldiradi», dedilar. (Rovi) «Alloh uni chaqiradi» degan qissani zikr qilmadi. (Bu rivoyatda) ushbu ziyoda bor: «Kim koʻrkam libos kiyishga qodir boʻla turib, uni tark etsa, — Bishr aytdi: ‹Oʻylaymanki, u: kamtarlik yuzasidan, deb aytdi›, — Alloh unga karomat libosini kiydiradi. Kim Alloh taolo uchun (nikohga) uylantirib qoʻysa, Alloh unga mulk tojini kiydiradi».