وَعَن أبي ريحانةَ قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ عَشْرٍ: عَنِ الْوَشْرِ وَالْوَشْمِ وَالنَّتْفِ وَعَنْ مُكَامَعَةِ الرَّجُلِ الرَّجُلَ بِغَيْرِ شِعَارٍ وَمُكَامَعَةِ الْمَرْأَةِ الْمَرْأَةَ بِغَيْرِ شِعَارٍ وَأَنْ يَجْعَلَ الرَّجُلُ فِي أَسْفَلِ ثِيَابِهِ حَرِيرًا مِثْلَ الْأَعَاجِمِ أَوْ يجعلَ على مَنْكِبَيْه حَرِير مِثْلَ الْأَعَاجِمِ وَعَنِ النُّهْبَى وَعَنْ رُكُوبِ النُّمُورِ وَلُبُوسِ الْخَاتَمِ إِلَّا لِذِي سُلْطَانٍ ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Abul Husayn — yaʼni Haysam ibn Shafiy — aytdi: Men va Maofirdan boʻlgan, Abu Omir deb kunya qilinadigan bir doʻstim Iyliyoda (Baytul-Maqdisda) namoz oʻqish uchun chiqdik. Ularning voizi Azd qabilasidan, Abu Rayhona deyiladigan, sahobalardan boʻlgan bir kishi edi. Abul Husayn aytdi: Doʻstim masjidga mendan oldin yetib bordi, soʻng men uning orqasidan borib, yoniga oʻtirdim. U mendan: «Abu Rayhonaning voizligini eshitib ulgurdingmi?» deb soʻradi. Men: «Yoʻq», dedim. U aytdi: Men uning shunday deyayotganini eshitdim: Rasululloh ﷺ oʻn narsadan qaytardilar: tishlarning uchini oʻtkirlashdan, badanga naqsh chizdirishdan (vashm), (qoshlarni) yulishdan, erkak kishining boshqa erkak bilan oraliqsiz, kiyimsiz birga yotishidan, ayol kishining boshqa ayol bilan oraliqsiz, kiyimsiz birga yotishidan, erkak kishining ajamlar kabi kiyimining etagiga ipak qoʻyishidan yoki ajamlar kabi yelkalariga ipak qoʻyishidan, oʻljaga talashib hujum qilishdan (nuhba), yoʻlbars terisiga minishdan va — sulton (hokim) egasidan boshqa kishi uchun — uzuk taqishdan. Abu Dovud aytdi: Bu hadisda u yakka oʻzi rivoyat qilgan narsa uzukning zikr etilishidir.