وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: كَانَ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثَوْبَانِ قِطْرِيَّانِ غَلِيظَانِ وَكَانَ إِذا قعد فرق ثَقُلَا عَلَيْهِ فَقَدِمَ بَزٌّ مِنَ الشَّامِ لِفُلَانٍ الْيَهُودِيِّ. فَقُلْتُ: لَوْ بَعَثْتَ إِلَيْهِ فَاشْتَرَيْتَ مِنْهُ ثَوْبَيْنِ إِلَى الْمَيْسَرَةِ فَأَرْسَلَ إِلَيْهِ فَقَالَ: قَدْ عَلِمْتُ مَا تُرِيدُ إِنَّمَا تُرِيدُ أَنْ تَذْهَبَ بِمَالِي فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «كَذَبَ قَدْ عَلِمَ أَنِّي مِنْ أَتْقَاهُمْ وآداهُم للأمانة» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Rasululloh ﷺning ustlarida ikkita qalin Qatriy (yamanlik) kiyim bor edi. U zot oʻtirib terlasalar, bu ikkisi ularga ogʻirlik qilardi. Shomdan falon yahudiyga (sotiladigan) gazlama keldi. Men: «Unga (odam) yuborib, undan toʻlovi yengillashguncha (nasiyaga) ikkita kiyim sotib olsangiz edi», dedim. Shunda u zot unga (odam) yubordilar, u (yahudiy): «Men u nima istayotganini bilaman, u faqat molimni yoki dirhamlarimni olib ketmoqchi», dedi. Rasululloh ﷺ: «U yolgʻon aytdi, u meni ularning ichida Allohdan eng koʻp qoʻrquvchi va omonatni eng yaxshi ado etuvchi ekanligimni biladi», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Ibn Abbos, Anas va Asmo bint Yazyddan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Oishaning hadisi hasan gʻarib sahihdir. Uni Shuʼba ham Umora ibn Abu Hafsadan rivoyat qilgan.