وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: لَبِسَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمًا قَبَاءَ دِيبَاجٍ أُهْدِيَ لَهُ ثُمَّ أَوْشَكَ أَنْ نَزَعَهُ فَأَرْسَلَ بِهِ إِلَى عُمَرَ فَقِيلَ: قَدْ أَوْشَكَ مَا انْتَزَعْتَهُ يَا رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «نهاني عَنهُ جبريلُ» فَجَاءَ عُمَرُ يَبْكِي فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ كرهتَ أَمْرًا وَأَعْطَيْتَنِيهِ فَمَا لِي؟ فَقَالَ: «إِنِّي لَمْ أُعْطِكَهُ تَلْبَسُهُ إِنَّمَا أَعْطَيْتُكَهُ تَبِيعُهُ» . فَبَاعَهُ بِأَلْفَيْ دِرْهَم. رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bir kuni oʻzlariga hadya qilingan dibodan (qalin ipakdan) toʻzilgan qaboni kiydilar, soʻng tezda uni yechib, Umar ibn al-Xattobga yubordilar. Unga: «Yo Rasululloh! Siz uni juda tez yechdingiz-ku», deyildi. Shunda u zot: «Uni menga Jibril taqiqladi», dedilar. Soʻng Umar yigʻlaganicha kelib: «Yo Rasululloh! Siz bir narsani yoqtirmadingiz-u, uni menga berdingiz, endi mening ahvolim qanday boʻladi?» dedi. U zot: «Men uni senga kiyishing uchun bermadim, balki uni senga sotishing uchun berdim», dedilar. Shunda u (Umar) uni ikki ming dirhamga sotdi.