عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: اتَّخَذَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ وَفِي رِوَايَةٍ: وَجَعَلَهُ فِي يَدِهِ الْيُمْنَى ثُمَّ أَلْقَاهُ ثُمَّ اتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ الْوَرق نُقِشَ فِيهِ: مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللَّهِ وَقَالَ: «لَا يَنْقُشَنَّ أَحَدٌ عَلَى نَقْشِ خَاتَمِي هَذَا» . وَكَانَ إِذَا لَبِسَهُ جَعَلَ فَصَّهُ مِمَّا يَلِي بَطْنَ كَفه
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ oltindan uzuk yasattirdilar, soʻng uni tashlab yubordilar, soʻng kumushdan uzuk yasattirib, unga «Muhammad Rasululloh» deb naqsh oʻydirdilar va: «Hech kim mening bu uzugimning naqshiga oʻxshatib (naqsh) oʻymasin», dedilar. U zot uni taqqanlarida koʻzini kaftlarining ichki tomoniga qaratib qoʻyar edilar. U (uzuk) Muayqibning (qoʻlidan) Aris qudugʻiga tushib ketgan (uzuk)dir.