وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي غَزْوَةٍ غَزَاهَا يَقُولُ: «اسْتَكْثِرُوا مِنَ النِّعَالِ فَإِنَّ الرَّجُلَ لَا يَزَالُ رَاكِبًا مَا انتعَلَ» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: u dedi: men oʻzimiz qatnashgan bir gʻazotda Nabiy ﷺ ning: «Oyoq kiyim (kovush)ni koʻproq taqib yuringlar, chunki odam oyogʻiga kovush kiyib turgan ekan, goʻyo (ulovga) minib turgandek boʻladi», — deganlarini eshitdim.