وَعَن ابْن عَبَّاس قَالَ: لعن الله الْمُخَنَّثِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالْمُتَرَجِّلَاتِ مِنَ النِّسَاءِ وَقَالَ: «أخرجوهم من بُيُوتكُمْ» . رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) rivoyat qildiki, u aytdi:) Paygʻambar ﷺ erkaklardan muxannas (ayolsifat) boʻlganlarni va ayollardan erkaksifat (oʻzini erkakka oʻxshatgan)larni laʼnatladilar va: «Ularni uylaringizdan chiqarib yuboringlar», dedilar. U zot falon (kishi)ni chiqardilar, Umar ham falon (kishi)ni chiqardi.