وَعَنْ عَمَّارِ بْنِ يَاسِرٍ قَالَ: قَدِمْتُ عَلَى أَهْلِي مِنْ سَفَرٍ وَقَدْ تَشَقَّقَتْ يَدَايَ فَخَلَّقُونِي بِزَعْفَرَانٍ فَغَدَوْتُ عَلَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَلَّمْتُ عَلَيْهِ فَلَمْ يَرُدَّ عَلَيَّ وَقَالَ: «اذْهَبْ فَاغْسِلْ هَذَا عَنْكَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Ammor ibn Yosir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Men oilam oldiga keldim, qoʻllarim yorilib ketgan edi. Ular meni zaʼfaron bilan boʻyab qoʻyishdi. Soʻng ertalab Nabiy ﷺ huzurlariga borib, salom berdim. (U zot) menga (salomimni) qaytarmadilar va: «Borib, buni oʻzingdan yuvib tashla», dedilar.