وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بُرَيْدَةَ قَالَ: قَالَ رَجُلٌ لِفَضَالَةَ بْنِ عُبَيْدٍ: مَا لِي أَرَاكَ شَعِثًا؟ قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَنْهَانَا عَنْ كَثِيرٍ مِنَ الإِرفاه قَالَ: مَالِي لَا أَرَى عَلَيْكَ حِذَاءً؟ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَأْمُرُنَا أَنْ نحتفي أَحْيَانًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Burayda (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ ning sahobalaridan bir kishi, Misrda boʻlgan Fazola ibn Ubayd (roziyallohu anhu)ning oldiga safar qilib bordi va uning huzuriga keldi-da, dedi: «Men sening oldingga ziyorat uchun kelganim yoʻq, balki men va sen Rasululloh ﷺ dan bir hadis eshitgan edik, oʻsha haqda sende ilm boʻlishidan umid qildim». U: «U nima edi?» dedi. (Haligi kishi): «Mana shunday, mana shunday», dedi. (Soʻng) u dedi: «Senga nima boʻlgan, oʻzing yurtning amiri tura turib, seni socht-pochat (oʻsib ketgan) holda koʻrayapman?» (Fazola): «Albatta Rasululloh ﷺ bizni koʻp tannozlikdan (irfohdan) qaytarar edilar», dedi. (Haligi kishi): «Senga nima boʻlgan, ustingda kavush koʻrmayapman?» dedi. (Fazola): «Nabiy ﷺ bizni baʼzan yalangoyoq yurishga buyurar edilar», dedi.