وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: مَرَّ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلٌ قَدْ خَضَبَ بِالْحِنَّاءِ فَقَالَ: «مَا أَحْسَنَ هَذَا» . قَالَ: فَمَرَّ آخَرُ قَدْ خَضَبَ بِالْحِنَّاءِ وَالْكَتَمِ فَقَالَ: «هَذَا أَحْسَنُ مِنْ هَذَا» ثُمَّ مَرَّ آخَرُ قَدْ خَضَبَ بِالصُّفْرَةِ فَقَالَ: «هَذَا أَحْسَنُ مِنْ هَذَا كُله» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi. U aytdi: Nabiy ﷺning yonlaridan xina bilan boʻyangan bir kishi oʻtdi. Shunda u zot: «Bu naqadar chiroyli!» dedilar. Soʻng xina va katam bilan boʻyangan boshqa bir kishi oʻtdi. Shunda u zot: «Bu undan koʻra chiroyliroq», dedilar. Soʻng sargʻish boʻyoq bilan boʻyangan yana bir kishi oʻtdi. Shunda u zot: «Bu hammasidan koʻra chiroyliroq», dedilar.