وَعَنْهَا قَالَتْ: أَوَمَتِ امْرَأَةٌ مِنْ وَرَاءِ سِتْرٍ بِيَدِهَا كِتَابٌ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَبَضَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَدَهُ فَقَالَ: «مَا أَدْرِي أَيَدُ رَجُلٍ أَمْ يَدُ امْرَأَةٍ؟» قَالَتْ: بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ قَالَ: «لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ» يَعْنِي الْحِنَّاء. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir ayol parda ortidan qoʻlida xat bilan Rasululloh ﷺ ga (ishora qilib) imladi. Nabiy ﷺ qoʻllarini tortib olib: «Bilmadim, bu erkak kishining qoʻlimi yoki ayol kishining qoʻlimi?» dedilar. (Ayol): «Yoʻq, ayol (qoʻlidir)», dedi. (Nabiy ﷺ): «Agar ayol boʻlganingda, tirnoqlaringni oʻzgartirgan boʻlar eding», dedilar — yaʼni xina bilan.