وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «اكْتَحِلُوا بِالْإِثْمِدِ فَإِنَّهُ يَجْلُو الْبَصَرَ وَيُنْبِتُ الشَّعْرَ» . وَزَعَمَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَتْ لَهُ مُكْحُلَةٌ يَكْتَحِلُ بِهَا كُلَّ لَيْلَةٍ ثَلَاثَةً فِي هَذِهِ وَثَلَاثَةً فِي هَذِه. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Ismid (surma) torting, chunki u koʻzni ravshan qiladi va (kiprik) tukni oʻstiradi», dedilar. Va u (Ibn Abbos): Nabiy ﷺning surmadonlari boʻlib, har kecha undan surma tortar, bu koʻzga uch marta, u koʻzga uch marta (tortar) edilar, deb aytdi. Termiziy rivoyat qilgan.