وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: أَتَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِمُخَنَّثٍ قَدْ خَضَبَ يَدَيْهِ وَرِجْلَيْهِ بِالْحِنَّاءِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا بَالُ هَذَا؟» قَالُوا: يَتَشَبَّهُ بِالنِّسَاءِ فَأَمَرَ بِهِ فَنُفِيَ إِلَى النَّقِيعِ. فَقيل: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَلَا تَقْتُلُهُ؟ فَقَالَ: «إِنِّي نُهِيتُ عَنْ قَتْلِ الْمُصَلِّينَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning huzurlariga qoʻllari va oyoqlarini xino bilan boʻyagan bir muxannas (ayollarga oʻxshab olgan erkak) keltirildi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Bunga nima boʻlgan?» dedilar. Ular: «U ayollarga oʻxshamoqchi boʻlyapti», dedilar. Bas, u zot buyurdilar-da, u Naqiʼ (degan joy)ga surgun qilindi. «Ey Allohning Rasuli, uni oʻldirmaysizmi?» deyildi. Shunda u zot: «Men namoz oʻqiydiganlarni oʻldirishdan qaytarilganman», dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan.