وَعَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ أَنَّهُ سَمِعَ سَعِيدَ بْنَ الْمُسَيَّبِ يَقُولُ: كَانَ إِبْرَاهِيمُ خَلِيلُ الرَّحْمَنِ أوَّلَ النَّاس ضيَّف الضَّيْف وَأَوَّلَ النَّاسِ اخْتَتَنَ وَأَوَّلَ النَّاسِ قَصَّ شَارِبَهُ وَأَوَّلَ النَّاسِ رَأَى الشَّيْبَ فَقَالَ: يَا رَبِّ: مَا هَذَا؟ قَالَ الرَّبُّ تَبَارَكَ وَتَعَالَى: وَقَارٌ يَا إِبْرَاهِيمُ قَالَ: رَبِّ زِدْنِي وَقَارًا. رَوَاهُ مَالك
Saʼid ibn Musayyab (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U: «Ibrohim — Rahmonning xalili — odamlar ichida birinchi boʻlib mehmon kutgan, birinchi boʻlib xatna qilingan, birinchi boʻlib moʻylabini qirqqan va birinchi boʻlib oq soch koʻrgan kishidir. U: ‹Ey Robbim, bu nima?› dedi. Robb tabaraka va taolo: ‹Bu viqor (salobat), ey Ibrohim›, dedi. U: ‹Ey Robbim, menga viqorni yana ziyoda qil›, dedi», dedi. Molik rivoyat qilgan.