وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: " قَالَ اللَّهُ تَعَالَى: وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ ذَهَبَ بِخلق كخلقي فلْيخلقوا ذَرَّةً أَوْ لِيَخْلُقُوا حَبَّةً أَوْ شَعِيرَةً "
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitdim: «Alloh taolo: ‹Mening yaratganimdek yaratmoqchi boʻlgan kimsadan koʻra zolimroq kim bor?! Bas, ular bir zarra yaratsinlar, yoki bir don yaratsinlar, yoxud bir arpa (doni) yaratsinlar!› dedi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.