وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم يَقُول: «كُلُّ مُصَوِّرٍ فِي النَّارِ يُجْعَلُ لَهُ بِكُلِّ صُورَةٍ صَوَّرَهَا نَفْسًا فَيُعَذِّبُهُ فِي جَهَنَّمَ» . قَالَ ابْن عَبَّاس: فَإِن كنت لابد فَاعِلًا فَاصْنَعِ الشَّجَرَ وَمَا لَا رُوحَ فِيهِ
Muslim ibn Subayh aytadi: Men Masruq bilan ichida Maryam suratlari boʻlgan bir uyda edim. Masruq: «Bu Kisroning suratlaridir», — dedi. Men: «Yoʻq, bu Maryamning suratlaridir», — dedim. Masruq: «Darhaqiqat, men Abdulloh ibn Masʼudni shunday deganini eshitdim: Rasululloh ﷺ: ‹Qiyomat kuni odamlarning eng qattiq azoblanadigani — surat yasaydiganlardir›, — dedilar», — dedi. Said ibn Abulhasandan rivoyat qilinadi: bir kishi Ibn Abbos huzuriga kelib: «Men shu suratlarni chizadigan bir kishiman, ular haqida menga fatvo bering», — dedi. Shunda Ibn Abbos unga: «Menga yaqinroq kel», — dedi. U yaqinlashdi. Soʻng: «Menga yaqinroq kel», — dedi. U boshiga qoʻlini qoʻyguncha yaqinlashdi. (Ibn Abbos:) «Men senga Rasululloh ﷺ dan eshitgan narsamni xabar beraman. Men Rasululloh ﷺ ni: ‹Har bir surat chizuvchi doʻzaxdadir. Uning chizgan har bir surati uchun unga bir jon yaratiladi, soʻng u (jon) jahannamda uni azoblaydi›, — deganlarini eshitdim», — dedi. Va u: «Agar albatta (biror narsa chizishing) zarur boʻlsa, daraxt va joni boʻlmagan narsalarni chiz», — dedi.