وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: أَخِي اسْتَطْلَقَ بَطْنُهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «اسقيه عسَلاً» فَسَقَاهُ ثُمَّ جَاءَ فَقَالَ: سَقَيْتُهُ فَلَمْ يَزِدْهُ إِلَّا اسْتِطْلَاقًا فَقَالَ لَهُ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ. ثُمَّ جَاءَ الرَّابِعَةَ فَقَالَ: «اسْقِهِ عَسَلًا» . فَقَالَ: لَقَدْ سَقَيْتُهُ فَلَمْ يَزِدْهُ إِلَّا اسْتِطْلَاقًا فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «صَدَقَ اللَّهُ وَكَذَبَ بَطْنُ أَخِيكَ» . فَسَقَاهُ فَبَرَأَ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir kishi Nabiy ﷺ ning huzurlariga kelib: «Akamning ichi ketyapti», — dedi. Rasululloh ﷺ: «Unga asal ichir», — dedilar. U asal ichirdi, soʻng u zotning huzurlariga kelib: «Men unga asal ichirdim, ammo bu uning ichini battar ketkazdi», — dedi. U zot unga uch marta (shuni) aytdilar. Soʻng u toʻrtinchi marta keldi, shunda u zot: «Unga asal ichir», — dedilar. U: «Men unga ichirdim, ammo bu uning ichini battar ketkazdi», — dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Alloh rost aytdi, akangning qorni esa yolgʻon aytdi», — dedilar. U (yana) asal ichirdi, u sogʻaydi.