عَنْ أُسَامَةَ بْنِ شَرِيكٍ قَالَ: قَالُوا: يَا رَسُول الله أفنتداوى؟ قَالَ: «نعم يَا عبد اللَّهِ تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللَّهَ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلَّا وَضَعَ لَهُ شِفَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرم» . رَوَاهُ أَحْمد وَالتِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد
Usoma ibn Sharik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Aʼrobiylar: «Ey Rasululloh, davolanmaylikmi?» dedilar. U zot: «Ha, ey Allohning bandalari, davolaninglar! Chunki Alloh bironta dard yaratsa, albatta unga shifo — yoki davo — yaratgan, faqat bitta darddan boshqa», dedilar. Ular: «Ey Rasululloh, u qaysi (dard)?» dedilar. U zot: «Qarilik», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Ibn Masʼud, Abu Hurayra, Abu Xuzoma — otasidan — va Ibn Abbosdan ham (rivoyat) bor. Bu hadis hasan sahihdir.